AsosiyJamiyat

Savdo va sanoat bo`yicha O`zbekiston - Britaniya kengashining 25-yig`ilishi bo`lib o`tdi

'Savdo va sanoat bo`yicha O`zbekiston - Britaniya kengashining 25-yig`ilishi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Joriy yilning 3-4 fevral kunlari videokonferensiya shaklida Savdo va sanoat bo`yicha O`zbekiston - Britaniya kengashining 25-yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur tadbir Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Xalqaro savdo vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan bo`lib, u O`zbekiston va Britaniya davlatlarining hukumati va ishbilarmon doiralarini birlashtiruvchi noyob platforma hisoblanadi.

Navbatdagi yig`ilishda xususiylashtirish yo`l xaritasi, sog`liqni saqlash va moliyaviy xizmatlar, toza energetika va ta`lim, ikki tomonlama investisiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi. Shuningdek, onlayn konferensiya ishtirokchilari o`zaro aloqa qilish uchun ma`lumot almashish va “B2B” formatida biznes-uchrashuvlar tashkil etish imkoniga ega maxsus platformadan foydalanadilar.

Konferensiyada Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” AJ investisiya kompaniyasi boshqaruvi raisi Akrom Muhammatqulov belgilangan maqsadlarning bajarilishini ta`minlash uchun Agentlik 2021-22 yillarda asosiy vazifalarni quyidagidek belgilab olganligini aytib o`tdi:

Birinchidan, 2021-22 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalar sonini uch baravarga kamaytirish.

Ikkinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalarning investisiyaviy jozibadorligini ta`minlash uchun ularni transformasiya qilish.

Uchinchidan, kelgusi yilda rejalashtirilgan islohotlarni amalga oshirish uchun tegishli normativ-huquqiy bazani yaratish.

Videokonferensiyada shuningdek 40 dan ortiq ma`ruzachi, jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporasiyasi va boshqa xalqaro moliya institutlari hamda taraqqiyot bo`yicha hamkor tuzilmalar rahbariyati, vakillari ishtirok etdi.

 

Boshqa yangiliklar