AsosiySport

Boks afsonalaridan biri vafot etdi. U Muhammad Alini mag`lub etgan edi

'Boks afsonalaridan biri vafot etdi. U Muhammad Alini mag`lub etgan edi'ning rasmi

2021 yilning 5 fevral, juma kuni 67 yoshida prostata va boshqa saraton kasalliklari bilan kurashgan sobiq og`ir vazn toifasida jahon chempioni Leon Spinks vafot etdi. Bu haqda BoxingScene.com sayti xabar berdi 

Sportchining o`limi oldida COVID cheklovlari tufayli faqat bir nechta yaqin do`stlar va boshqa oila a`zolari birga bo`la olgan. Leon ko`plab kasalliklarga qarshi kurashda chidab o`zidagi tabassumini hech qachon yo`qotmadi.

Vafot etishidan bir necha daqiqa oldin, Spinks kuchini yig`ib, o`g`li, sobiq jahon chempioni Kori Spinks bilan so`nggi bor suhbatlashgan. 

Leon 1978 yil 15 fevralda Nevada shtatidagi Las-Vegas shahrida Muhammad Alini mag`lub etib, og`ir vazn toifasida jahon chempioni bo`lish uchun butun dunyoni hayratga solganida tarixdagi o`rnini chinakamiga mustahkamlagan edi.

Boshqa yangiliklar