AsosiyDunyo

BMT Qo`shma Shtatlarning Xutiylar harakatini terroristik tashkilotlar ro`yxatidan chiqarish to`g`risidagin qarorini qo`llab quvvatladi

'BMT Qo`shma Shtatlarning Xutiylar harakatini terroristik tashkilotlar ro`yxatidan chiqarish to`g`risidagin qarorini qo`llab quvvatladi'ning rasmi

BMT AQSh prezidenti Jo Bayden ma`muriyatining Yamandagi hutiy isyonchilarini xorijiy terroristik tashkilotlar ro`yxatiga qo`shish to`g`risidagi qarorni bekor qilish niyatini olqishladi. Ushbu qadam millionlab yamanliklarga gumanitar yordam olish imkonini beradi, dedi BMT vakili Stefan Dyujarrik o`z bayonotida.

"Endi, Yaman ocharchilik arafasida turgan bir paytda, tijorat importi va gumanitar yordamni kerakli darajada ushlab turish juda muhim",–dedi Dyujarrik.

Eslatib o`tamiz, "Ansar Alloh" hutiy isyonchilar harakatini terroristik tashkilotlar ro`yxatiga kiritish to`g`risidagi qaror yanvar oyi boshida AQShning avvalgi ma`muriyati tomonidan qabul qilingan edi. BMT ushbu qadamdan xavotir bildirdi va bu Yaman uchun jiddiy gumanitar oqibatlarga olib kelishi, xususan, oziq-ovqat va gumanitar yordam etkazib berishga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkinligini ta`kidladi.

Gap shundaki, Yaman oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizi xususiy kompaniyalar orqali amalga oshiriladi. AQSh rasmiylarining qarori hutiylar bilan ish olib boradigan har qanday  kompaniya ishini qiyinlashtirdi. Shu bilan birga, isyonchilar mamlakat poytaxti Sano shahri va shimoliy viloyatlarni nazorat qilmoqdalar.

BMT vakili bugun qilgan bayonotida hutiy isyonchilarni terroristik tashkilotlar ro`yxatiga kiritish to`g`risidagi qarorning bekor qilinishi Yamanga muhim mollarni kechiktirmasdan olib kelishini aytdi. BMT, shuningdek, AQSh ma`muriyatining qarori BMTning Yamandagi mojaroni tinch yo`l bilan hal qilish maqsadida Yamandagi siyosiy jarayonni tiklash bo`yicha harakatlariga muhim hissa bo`lishiga umid bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar