1

O`zbekistonning 4 kinoteatri xalqaro kinoteatrlar assosiasiyasiga a`zo bo`ldi

Madaniyat 07.02.2021, 18:15
O`zbekistonning 4 kinoteatri xalqaro kinoteatrlar assosiasiyasiga a`zo bo`ldi

Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

"Salom", "Next", "Parus", "Riviera"  kinoteatrlari egasi, "O`zbekkino" Milliy agentligi Jamoatchilik kengashi a`zosi Farrux Tulaganov  NATO (The National Association of Theatre Owners)ning o`zbekistonlik  a`zosiga aylandi. Yuqorida nomlari sanalgan kinoteatrlar esa O`zbekiston nomidan ushbu tashkilot a`zoligiga qabul qilindi.  

Ma`lumot uchun: NATO – AQShning savdo tashkiloti bo`lib, uning a`zolari kinoteatrlar egalaridir. Eng yirik dunyo kinoteatrlari tarmoqlarining aksariyat operatorlari, shuningdek yuzlab mustaqil teatr operatorlari  kompaniyaning a`zolari hisoblanadi. Bugungi kunga kelib assosiasiya  AQShning 50 shtatidan 35 000 kinoteatr, dunyoning boshqa mamlakatlaridan esa 33 000 dan ortiq kinoekranlarni qamrab olgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1