Yakshanba kuni Filippinning janubida kuchli zilzila sodir bo`ldi. Ammo, hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar to`g`risida ma`lumot yo`q, deya xabar berdi AQSh Geologiya xizmati va mahalliy rasmiylar. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
6.0 ballik zilzila mahalliy vaqt bilan 12:22 da yuz bergan. Uning episentri Mindanao orolidagi Magsaysay shahridan ikki kilometr uzoqlikda bo`lgan.
Filippinning geografik joylashuvi sabab bu erda zilzilalar ko`p bo`ladi. Bu mamlakat Tinch okeanining kuchli seysmik faollik kuzatiladigan «O`t halqasi» da joylashgan.





