AsosiyDunyo

COVID-19’ni tezkor aniqlash testini yaratgan amerikalik immunolog vafot etdi

'COVID-19’ni tezkor aniqlash testini yaratgan amerikalik immunolog vafot etdi'ning rasmi

Koronavirus uchun dunyodagi eng birinchi tezkor testlardan birini yaratgan immunolog Endryu Bruk vafot etdi. 

Nyu-Jersidagi Rutgers universitetida ishlagan Bruk 51 yoshda bo`lgan. U ishlab chiqargan koronavirus testi bemorning burun bo`shlig`idan suyuqlik namunasi olish orqali qo`llaniladi. Bu nafaqat kasallikni aniqlash tezligini sezilarli darajada oshirgan, balki tibbiyot xodimlarining biomateriallarni yig`ishdagi ishtirokini minimallashtirgan.

Universitet veb-saytida immunolog haqida shunday axborot berilgan:

«COVID-19’ni so`lak orqali aniqlaydigan birinchi testni ishlab chiqishga rahbarlik qilgan va pandemiyaga qarshi kurashda muhim rol o`ynagan tadqiqotchi Endryu Bruk kutilmaganda vafot etdi».

Marhumning singlisi olimning to`satdan vafot etishiga yurak xuruji sabab bo`lganini aytgan. Nyu-Jersi gubernatori Fil Myorfi tadqiqotchini «madh etilmagan qahramon» deb atadi.

 

    Boshqa yangiliklar