AsosiyDunyo

TIV Rossiyada tahsil oluvchi talabalarni ogohlantirmoqda

'TIV Rossiyada tahsil oluvchi talabalarni ogohlantirmoqda'ning rasmi

Rossiya oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning ota-onalari diqqatiga Tashqi ishlar vazirligi muhim e`loni ma`lum qildi

"Ma`lumki, Rossiya Federasiyasi Ta`lim va ilm-fan vazirining buyrug`i bilan 2021 yil 8 fevraldan boshlab ushbu vazirlik huzuridagi oliy o`quv yurtlarida kunduzgi o`qish jarayoni boshlash ko`zda tutilgan.

Ommaviy axborot vositalarida Rossiya tomonining an`anaviy o`qish shaklini boshlash to`g`risida xabarlar tarqalgandan so`ng Rossiyaga qayti istagidan bo`lgan o`zbekistonlik talabalarning turli soxta hujjatlar, shu jumladan, chegarani kesib o`tishda yordam berish uchun Rossiya oliy o`quv yurtlari nomidan soxta taklif xatlari tayyorlashga ixtisoslashgan shubhali shaxslarga murojaat qilish holatlari uchramoqda.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda O`zbekistondan Rossiyaga charter reysiga talabalar ro`yxati tuzilayotgani haqidagi ma`lumotlar tarqalmoqdaki, bu Rossiya Hukumatining 2020 yil 16 martdagi 635-r-sonli “Rossiya Federasiyasiga xorijiy fuqarolari va fuqaroligi yo`q shaxslar kirishini vaqtincha cheklash hamda vizalar va takliflarni rasmiylashtirishni vaqtincha to`xtatish haqida”gi qarori talablariga zid. Hozirgi vaqtda Rossiya oliy o`quv yurtlarida tahsil olayotgan o`zbekistonlik talabalar Rossiya Federasiyasi hududiga to`sqinliklarsiz kirish huquqiga ega fuqarolar tasnifiga kirmaydi.

Shunday qilib, Rossiya xalqaro aeroportlariga charter reyslari bilan kelgan O`zbekiston fuqarolari chegarani kesib o`tishda va tasdiqlovchi hujjatlar yuzasidan muammlarga duch kelishlari mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shubhali shaxslarning ta`siriga tushib qolmaslik va aldanib qolmaslik, Rossiya hududiga kirishda rad javobi olmaslik uchun hamda charter reyslari tashkilotchilari va aviatashuvchilar bila sud jarayonlarining oldini olish maqsadida, oliy o`quv yurtlari xalqaro bo`limlari bilan doimiy ravishda aloqada bo`lib turish va chegaralar ochilgunga qadar masofaviy ta`limni davom ettirish so`raladi" deyiladi xabarda.

Elchixona rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borish lozim. Mazkur resurslarda ta`limni davom ettirish uchun Rossiyaga kelish imkoniyati haqidagi axborotlar tezkor ravishda joylashtirib briladi:

Koll-markaz: +7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20

Veb-sayt: www.uzembassy.ru

    Boshqa yangiliklar