Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 105 million 805 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 312 mingdan ziyod kishi vafot etgan (8.02.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:58 holatiga ko`ra). Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 376 569 yangi holati aniqlandi, 9 664 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (09.02.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 09:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 106 million 471 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 325 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 26,654 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,838 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (9,497 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,983 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,945 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 106 988, Hindistonda 11 831, Braziliyada 50 630, Rossiyada 15 916, Buyuk Britaniyada esa 15 845 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.






