Janubiy Koreyada mushuklar va itlarda koronavirus simptomlari sezilsa, ulardan test olinishi mumkin. Bu tartibga bir hafta oldin uy mushugida koronavirus aniqlangani sabab bo`ldi.
Aniqlanishicha, mushuklar koronavirusga chalinsa, ular xuddi odamlar bilan bir xil simptomlarni: isitma, nafas olish qiyinchiliklarini namoyish qiladi.