AsosiyDunyo

Buyuk Britaniyada koronavirusning yanada yuqumli bo`lgan ikkita yangi mutasiyasi aniqlandi

'Buyuk Britaniyada koronavirusning yanada yuqumli bo`lgan ikkita yangi mutasiyasi aniqlandi'ning rasmi

Bristolda topilgan virus shtammi "xavotirga soluvchi" deb hisoblanmoqda. Korona.info kanalida ma`lumot berilishicha, u ham ancha yuqumli, ammo mutasiya unga immunitetga qarshi kurashish imkonini beradi. Bu esa virus qaysidir darajada vaksinaga ham qarshilik ko`rsatishi mumkinligini bildiradi.  

Liverpulda aniqlangan ikkinchi variant esa "o`rganilish bosqichida" ekanligi aytilmoqda. Ammo aniqlangan har ikki variantning xususiyati Janubiy Afrika shtammi bilan o`xshash ekanligi aytildi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar