AsosiySport

Boburjon Omonov Jahon rekordini yangiladi! Mansur G`oibnazarov esa kumush medalga sazovor bo`ldi

'Boburjon Omonov Jahon rekordini yangiladi! Mansur G`oibnazarov esa kumush medalga sazovor bo`ldi'ning rasmi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabariga ko`ra, ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para engil atletika bo`yicha Fazza xalqaro gran-pri turniri bo`lib o`tmoqda.

Yakuniga etgan yadro uloqtirish turining erkaklar o`rtasida F40/41  klassining final bosqichida ikki hamyurtimiz Boburjon Omonov va Mansur G`oibnazarov ishtirok etdi.  

Quvonarlisi, Boburjon 14.31 metr natija qayd etib terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qo`yish bilan birga Jahon rekordini ham yangilashga muvaffaq bo`ldi. Ushbu finalda ishtirok etgan yana bir hamyurtimiz Mansur G`oibnazarov musobaqada 2-o`rinni egalladi va “Tokio-2020” Paralimpiya o`yinlari uchun o`z hisobiga muhim reyting ochkolarini qo`shtirib qo`ydi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar