AQShning Texas shtatida 133 ta mashina ishtirokida yirik avariya yuz berdi, deb xabar bermoqda "centralasia"
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, olti kishi halok bo`ldi, 60 ga yaqin kishi jarohat olgan.
Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, hodisaga yo`ldagi muz sabab bo`lgan. Tez yordam xizmati matbuot kotibi Metta Zavadskiyning so`zlariga ko`ra, bir necha kishi og`ir ahvolda kasalxonaga etkazilgan, boshqalari og`ir jarohat olgan, qolganlari uchun jarohatlarning og`irligi hali ham aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.






