12 fevral kuni para engil atletika bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari BAAning Dubay shahrida davom etayotgan Gran-pri musobaqasida 9ta medalga sazovor bo`lishdi. Shuning yarmidan ko`pi, ya`ni 5 tasi oltin bo`lsa, bittasi kumush va 3tasi bronza medallaridir, deya xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.
E`tiborlisi, disk uloqtirish musobaqasining F57 klassida ishtirok etgan hamyurtimiz Mohigul Hamdamova 32.49 metr natija bilan Osiyo rekordini yangilashga muvaffaq bo`ldi.
12 fevral kuni qo`lga kiritilgan medallar:
Husniddin Norbekov (yadro uloqtirish F35) – oltin,
Mohigul Hamdamova (disk uloqtirish F57) – oltin,
Sabina Suxanova (yugurish T37) – oltin,
Nurxon Qurbonova (nayza uloqtirish F54) – oltin,
Natalya Semyonova (nayza uloqtirish F55) – oltin,
Muhammad Rexsimov (yadro uloqtirish F42) – kumush,
Abdulazizxon Abduhakimov (bosqon uloqtirish F32) – bronza,
Yorqin Odilov (nayza uloqtirish F57) – bronza,
Farruh Saidxo`jaev (disk uloqtirish T11) – bronza.
Ushbu Para atletlarimizdan faqat Husniddin Norbekovda Tokio-2020 paralimpiya o`yinlari lisenziyasi mavjud edi. Qolgan sportchilarimiz esa kechagi g`alabalari evaziga lisenziya olish imkoniyatini keskin oshirdi va o`z hisoblariga muhim reyting ochkolarini qo`shib qo`yishdi.
Hozirgacha para engil atletika bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Dubay Gran-prisida 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 16 ta medal qo`lga kiritdilar.
Bugun Gran-prining to`rtinchi kunida quyidagi sportchilarimiz bahslarga kirishadi:
Mohigul Hamdamova – yadro uloqtirish:
Sabina Suhanova – yugurish (100 metr va 400 metr);
Asila Mirzayorova – uzunlikka sakrash;
Yoquthon Xolbekova – uzunlikka sakrash;
Nurxon Qurbonova – nayza uloqtirish;
Timur Giyazov – balandlikka sakrash;
Miran Saxatov – uzunlikka sakrash;
Omad Hasanov – balandlikka sakrash;
Kubaro Hakimova – yadro uloqtirish;
Ma`ruf Murodullaev – yugurish (1500 metr)






