Xitoy hukumati JSST mutaxassislariga Vuxan shahrida 2019 yil dekabrda aniqlangan ilk 174 nafar COVID-19 bemorlari haqida ma`lumotlarni taqdim etishdan bosh tortdi.
Buning o`rniga, mutaxassislarga faqat xitoylik olimlar tomonidan o`tkazilgan o`rganish natijalarini taqdim etgan. Bu holat esa virusning qachon va qanday tarqalgani, shuningdek, uning dastlabki bosqichlari qanday kechganini o`rganishda imkon bermasligi aytilmoqda.





