AsosiyDunyo

Dunyodagi eng katta kino ekran, kinoteatr qaysi davlatlarda joylashganligini bilasizmi?

'Dunyodagi eng katta kino ekran,  kinoteatr qaysi davlatlarda  joylashganligini bilasizmi?'ning rasmi

"O`zbekkino" Milliy agentligining Matbuot xizmatini ma`lumotiga ko`ra, dunyodagi eng katta kino ekrani Sidneyning Panasonic IMAX kinoteatrida  joylashgan. Ekranning kengligi 35,72 metr,  balandligi  29.57 metr. Unda filmlar IMAX 3D formatida namoyish etiladi.

Dunyodagi eng katta yozgi kinoteatr – Open  Air. U shahar va mamlakatlar bo`ylab harakatlanib, tomoshabinlarga og`irligi  54 tonna, kengligi 19 metr va balandligi 16 metr bo`lgan ekran sifatini baholash imkonini beradi. Open Air Shveysariyada ishlab chiqarilgan.

️Dunyodagi eng ulkan kino majmuasi  esa Bryusselda joylashgan. «Kinepolis»da   700 kishigacha tomoshabinni sig`dira oladigan  26 ta kinoteatrlar faoliyat yuritadi. Bu erda shuningdek,  IMAX filmlarini namoyish etish uchun kinozal ham  mavjud. «Kinepolis» bir vaqtning o`zida  6000 gacha tomoshabinni qabul qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar