Sekin-asta barcha yo`nalishlar qatori ot sporti bo`yicha ham yangi musobaqalar start ola boshlamoqda. Fevral oyining so`ngidan boshlab “Global Tour” va boshqa bir qator turnirlar boshlanishi rejalashtirilgan.
Ot sportida yuqori natija qayd etishda faqat chavandoz emas, uning hamrohi bo`lmish tulporlarga ham ko`p jihat bog`liq. Ular ham xuddi insonlar kabi musobaqalar arafasida yaxshi sport formasida bo`lishi lozim. Dam olish kunlari “Universal Jumping Agro” ot sporti klubida terma jamoamiz vakillari shug`ullanadigan tulporlar bilan sinov mashqlari o`tkazildi. Qishni musobaqalarsiz o`tkazgan otlar ham sekin-asta o`zlarining yuqori sport formasiga kirib bormoqda.








