1

O`zbekistonda "Quyosh lazzati" filmini suratga olish uchun tayyorgarlik ko`rilmoqda

Madaniyat 15.02.2021, 12:45
O`zbekistonda  "Quyosh lazzati" filmini suratga olish uchun tayyorgarlik ko`rilmoqda

Rossiya va O`zbekistonning "Quyosh lazzati" deb nomlangan qo`shma loyihasini tasvirga olish uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlanish arafasida, deya xabar  berdi "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati.

 Yaqinda "Sputnik Vostok Prodakshn" kompaniyasi ijodiy guruhining O`zbekistonga tashrifi kutilmoqda. "Quyosh lazzati" filmi oilaviy sarguzasht fantaziya janrida suratga olinadi.

Film "Quyosh lazzati" deb nomlangan bo`lib, u aynan o`zbek quyoshining sehrini namoyon etadi, - deydi film prodyuseri Aleksandr Kessel.

Ta`kidlash joizki, ayni kunlarda Rossiyada kasting davom etmoqda. Kastingda Dmitriy Nagiev, Nikolay Fomenko, Aleksey Gorbunov, Nikita Manes, Aleksandr Mixaylov, Olga Sutulova, Evgeniy Sganov, Elena Lyadova, Pavel Derevyanko, Viktoriya Isakovalar ishtirok etmoqda.

Eslatib o`tamiz, "O`zbekkino" Milliy agentligi 2020 yil oktyabr oyida Rossiyaning «Sputnik Vostok Prodakshn» kinokompaniyasi bilan "Quyosh lazzati" filmini suratga olish bo`yicha memorandum imzolagan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1