AsosiyDunyo

JSST AstraZeneca vaksinasidan favqulodda foydalanishni ma`qulladi

'JSST AstraZeneca vaksinasidan favqulodda foydalanishni ma`qulladi'ning rasmi

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) Britaniya-Shvesiya farmasevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi AstraZenecadan favqulodda holatlarda foydalanish uchun tasdiqladi. Bu haqda JSST veb-saytida xabar berilgan.

Tashkilot xabarida preparatning ikkita varianti tasdiqlanganligi ta`kidlangan. Ulardan biri Janubiy Koreyaning SKBio kompaniyasi bilan, ikkinchisi - Hindistonda ishlab chiqariladi.

JSST ma`lumotlariga ko`ra 18 yosh va undan katta yoshdagi barcha guruhlar uchun preparatni qo`llashni tavsiya qilishdi. Tadqiqotlar davomida vaksinaning samaradorligi 63,09% ekanligi aniqlandi. Tashkilot oddiy saqlash talablari tufayli kambag`al mamlakatlar uchun mos ekanligini ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Belgiya AstraZeneca vaksinasini 55 yoshdan oshganlarga qo`llashni taqiqlagan. Shuningdek, AstraZeneca vaksinasi Janubiy Afrika shtammiga qarshi samarasiz bo`lishi mumkinligi aytilgan edi.

    Boshqa yangiliklar