AsosiyJamiyat

2020 yilda 151 ming 266 nafar fuqaroning buzilgan huquqi tiklangan

'2020 yilda 151 ming 266 nafar fuqaroning buzilgan huquqi tiklangan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma`lum qildi.

"Saxovat va ko`mak” umumxalq harakati doirasida prokurorlar sektoridagi ehtiyojmand oilalarga oziq–ovqat va dori darmon berilishi ta`minlandi, 3 mingdan ortiq oilaga ixcham issiqxona qurilishida yordam ko`rsatildi;

️Shuningdek, 150 mingdan ziyod ishsiz fuqaroning bandligi   ta`minlandi;

Og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 504 nafar ayolga arzon uy-joy ajratilishida amaliy yordam berildi;

 “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida 8 ming 618 nafar yosh tadbirkorga 1,8 trln. so`m kredit ajratilishida amaliy yordam ko`rsatilib, 42 mingdan ziyod yangi ish o`rni  yaratildi;

“Mehribonlik uylari” va “Bolalar shaharchasi” muassasalarining 216   nafar bitiruvchisi uy-joy bilan ta`minlandi;

 Rivojlanishda nuqsoni bo`lgan 109 mingdan ziyod bolalar tibbiy ko`rikdan o`tkazildi, 4 ming 397 nafariga dori -darmon, tibbiyot   jihozlari va o`quv qurollari berildi;

4 ming 397 nafar tadbirkorga kredit, 965 nafariga er maydoni, 249 nafariga bino ajratilishida, 3 ming 675 nafariga kommunikasiya tarmoqlariga ulanishida hamda 2 ming 729 nafariga lisenziya va ruxsatnomalar   berilishida amaliy  ko`mak berildi.

Ko`rsatilgan yordam natijasida 14 ming 407 ta yangi tadbirkorlik sub`ekti tashkil etildi. 19 ming 357 ta korxonaning faoliyati tiklanishi   hamda   50 mingdan ortiq  yangi  ish   o`rni   yaratilishi   ta`minlandi.

2020 yilda jami 151 ming 266 nafar fuqaroning buzilgan huquqi   tiklandi;

34 ming 482 ta qonunga zid huquqiy hujjatlar qonunga muvofiqlashtirildi, aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan 18 ming 988 ta taqdimnoma kiritildi, sudlarga 305 mlrd. so`m  zararni undirish haqida  9 ming 779 ta ariza berildi. Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 736   mlrd. so`m  zarar undirilishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar