AsosiyJamiyat

O`tgan yili korrupsiyaviy jinoyat sodir etgani uchun 1 ming 723 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgan

'O`tgan yili korrupsiyaviy jinoyat sodir etgani uchun 1 ming 723 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgan'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda  Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov Bosh prokuratura faoliyati tahlili yuzasidan ma`lumot berdi.

O`tgan yillarda ochilmay qolgan 1 125 ta jinoyat fosh etildi, qidiruvda bo`lgan 2 446 nafar shaxs ushlandi.

Bevosita prokuratura organlari tomonidan 10 372 ta jinoyat ishi yuzasidan tergov o`tkazilib, 6 100 nafar shaxsga nisbatan 3 903 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida etkazilgan  622,2   mlrd. so`mlik zarar ayblanuvchilardan undirildi.

2020 yilda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 1 ming 723 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.

Prokurorlar tashabbusi bilan 57 nafar shaxs oqlandi.

Xorijiy davlatlarga ayblanuvchilarni ekstradisiya qilish haqida 194 ta iltimosnoma yuborilib, 155 nafar shaxs  mamlakatimizga etap qilindi.

    Boshqa yangiliklar