AsosiyJamiyat

Turk razvedkasi O`zbekistonda FETO’ning ikki a`zosini qo`lga oldi

'Turk razvedkasi O`zbekistonda FETO’ning ikki a`zosini qo`lga oldi'ning rasmi

Turkiyaning Milliy razvedka tashkiloti tomonidan o`tkazilgan maxsus operasiyada muxolifatchi Fathulloh Gulen tashkilotining (FETO) a`zolari Gurbuz Sevilay va Tamer Avji qo`lga olinib, Turkiyaga olib kelingani ma`lum qilindi. Bu haqda Haberler nashri xabar berdi.

Qochqin FETO a`zolaridan biri bo`lgan Gürbüz Sevilayning YPG / PYD-PKK a`zolarini Iroq va Suriyadagi raketalar, dronlarga qarshi vositalar, radar tizimlari va termal forma kabi o`q-dorilar va jihozlar bilan ta`minlagan. 

Turkiya mudofaa sanoatida ishlagan Gurbuz Sevilay 2016 yilgi davlat to`ntarishidan keyin lavozimidan ozod qilingan.

Gurbuz Sevilay O`zbekistondan turib FETO a`zolariga moddiy yordam ko`rsatib kelgan. U Turkiyada davlat tashkilotlariga sizdirilgan tashkilot a`zolarining iltimosi bilan xorijdagi noqonuniy savdolarni amalga oshirgan. Buni Ukraina va Qirg`izistonda ochgan firmalari orqali amalga oshirgani aniqlangan. Tamer Avji esa tashkilotga yangi a`zolar topish va ularni joylashtirish bilan shug`ullangan.

Boshqa yangiliklar