AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 martdan boshlab qator mamlakatlar uchun vizasiz rejim yo`lga qo`yiladi

'O`zbekistonda 1 martdan boshlab qator mamlakatlar uchun vizasiz rejim yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

2021 yilning 1 martidan boshlab Bahrayn Qirolligi, Qatar, Kuvayt, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, jumladan XXRning Gonkong va Makao maxsus ma`muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi ma`lum qildi.

Bunda ushbu mamlakatlar fuqarolari O`zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e`tiboran 10 kunlik muddatga o`z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilishlari kerak bo`ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2021 yil fevral oyidagi “O`zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida shu haqida ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar