AsosiyJamiyat

Paxta yog`i xavfsizligini ta`minlamagan 14 ta yog`-moy korxonasi faoliyati yuzasidan arz qilindi

'Paxta yog`i xavfsizligini ta`minlamagan 14 ta yog`-moy korxonasi faoliyati yuzasidan arz qilindi'ning rasmi

Paxta yog`i xavfsizligini ta`minlamagan 14 ta yog`-moy korxonasi faoliyati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga materiallar kiritildi. Bu haqda «O`zagroinspeksiya» Axborot xizmati ma`lum qildi:

«Hududiy ishchi komissiyalar tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardagi yog`-moy korxonalarida o`rnatilgan tartibda nazorat tadbirlari o`tkazilmoqda. Bugungi kunda respublika bo`yicha mavjud 500 tadan ortiq yog`-moy korxonasining 263 tasida tekshiruv o`tkazilishi belgilangan bo`lib, 238 ta korxonalarda tekshirish yakunlandi.

Hududiy ishchi komissiyalar tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardagi yog`-moy korxonalarida o`rnatilgan tartibda nazorat tadbirlari o`tkazilmoqda. Bugungi kunda respublika bo`yicha mavjud 500 tadan ortiq yog`-moy korxonalarining  263 tasida tekshiruv o`tkazilishi belgilangan bo`lib, 238 ta korxonalarda tekshirish yakunlandi.

Tekshiruv natijasiga ko`ra, PF-6094-sonli Farmonda belgilangan talab 32 ta yog`-moy korxonasida ta`minlangan va 206 tasida ta`minlanmagani ma`lum bo`ldi.

Paxta texnik chigitini qayta ishlash uchun to`liq texnologik sikli yoki tayyor mahsulotlar uchun gigenik va muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo`lmagan yog`-moy korxonalari bo`yicha 199 ta taqdimnomalar O`zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasiga kiritildi va ularning paxta texnik chigitini xarid qilish bo`yicha birja savdolarida ishtirok etishini oldi olindi.

Belgilangan talablar bajarilmagan korxonalarga jami 156 marotaba (ogohlantirish, ko`rsatma va taqdimnomalar kiritish orqali) ta`sir choralari qo`llanilgan. 14 ta yog`-moy korxonasi bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga materiallar kiritilishi ta`minlangan.

Inspeksiya tomonidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar