Rossiya Federasiyasida biri 20 yil ikkinchisi 10 yil mobaynida qidiruvda bo`lgan transport vositalari Qibray va Toshkent tumanlarida saqlab kelinayotganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda IIBB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari boshlandi.
Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasiga Qibray tumanida yashovchi fuqaro G`.S. ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida o`ziga tegishli "Vaz-2106" transport vositasini uzoq yillar uyida saqlab kelganligi, ilgari fuqaroligi bo`lmaganligini sababli fuqaroligi yo`q shaxslarga beriladigan davlat raqam belgisini olganligini ma`lum qilgan. Hozirda esa O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lganini uchun tegishli tartibda transport vositasining qayd etish guvohnomasini almashtirib, boshqa davlat raqam belgisi berishni so`ragan.
Ushbu transport vositasiga tegishli ma`lumotlarni va transport vositasini agregat raqamlarini O`zbekiston Respublikasi IIVning «Yagona avtomatlashtirilgan hisob tizimi»dan tekshirganida avtomobil 2000 yilning 12 mart kunida Rossiya Federasiyasining Orenburg shahridan olib qochilganligi hamda qidiruvda ekanligi aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent tumanida yashovchi fuqaro I.A. sotib olgan «GAZ-330202» rusumli yuk transport vositasini rasmiylashtirish uchun DYHXXga olib kelgan. Ushbu avtomobilning ham agregat raqamlari tekshirilgan. Natijada transport vositasi 2011 yilda beri qidiruvda ekanligi, uni noma`lum shaxslar Rossiya Federasiyadan olib qochganliklari ma`lum bo`lgan.
Hozirgi kunda har ikkala holat bo`yicha to`plangan hujjatlar tegishli xulosa qilish uchun tergov organiga topshirilgan.






