AsosiyJamiyat

Biznes-ombudsman QQS yuzasidan tadbirkorlik sub`ektlariga yuborilgan xabarnomalarning qonuniyligini o`rganishni boshladi

'Biznes-ombudsman QQS yuzasidan tadbirkorlik sub`ektlariga yuborilgan xabarnomalarning qonuniyligini o`rganishni boshladi'ning rasmi

Avvalroq, Davlat soliq qo`mitasi tomonidan qo`shilgan qiymat solig`i (QQS) to`lovlarini noqonuniy  ravishda kamaytirish maqsadida shubhali operasiyalarni amalga oshirgan 396 ta tadbirkorlik sub`ektlarining ro`yxati e`lon qilingan va ular bilan munosabatlarga kirishgan tadbirkorlarga QQS summasiga o`zgartirish kiritish va qayta aniqlashtirilgan hisobotlarni taqdim etish yuzasidan xabarnomalar yuborilgan.

Biznes-ombudsman axborot xizmati ma`lum qilishicha, soliq organlarining ushbu xarakatlari tadbirkorlar orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqarayotganligini inobatga olgan holda, Biznes-ombudsman devoni Davlat soliq qo`mitasining mas`ul mansabdor shaxslari ishtirokida ushbu harakatlarning qonuniyligini o`rganib chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar