AsosiyJamiyat

Oilada yolg`iz o`g`il bo`lganlarga o`z hududida xizmat qilish huquqi berildi — Mudofaa vazirligi

'Oilada yolg`iz o`g`il bo`lganlarga o`z hududida xizmat qilish huquqi berildi — Mudofaa vazirligi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig`i Shermuhammad Saidahmatov ma`lum qildi:

"Oldin boshqa viloyat harbiy xizmatchisi o`zining viloyatida xizmat qilishi mumkin emas edi.

Prezidentning tegishli Qaroriga ko`ra, Nizomga hududiy tamoyil degan tushuncha kiritildi. Ba`zi bir lavozim va mutaxassisliklarga o`z hududida xizmat qilish imkoni yaratildi.

Shuningdek, avval oilada yolg`iz farzand bo`lsa, tug`ilib o`sgan joyida xizmat qilishi mumkin edi. Hozir nafaqat yolg`iz farzand, balki oilada yolg`iz o`g`il bo`lsa ham, tug`ilib o`sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi", - dedi mas`ul.

    Boshqa yangiliklar