O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, 18-21 fevralda O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi.
18-19 fevralda respublikada shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
19 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.
20-21 fevralda respublikada yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.
20-21 fevralda havo harorati kunduz kunlari 8-13° iliqgacha, kechalari 2-7° iliqgacha pasayadi.






