AsosiyJamiyat

Vaksina bilan aholini emlashga o`zbekistonlik mutaxassislar tayyormi?

'Vaksina bilan aholini emlashga o`zbekistonlik mutaxassislar tayyormi?'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nurmat Otabekov ushbu savolga javob berdi:

 « - O`zbekistonda 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholi faqat 6 ta kasallikka qarshi emlangan. Hozirda emlash taqvimi muntazam takomillashib, to`ldirib borilmoqda.

 Koronavirus vaksinasi yangi vaksina, biroq biz bu kabi vaksinalarni qo`llash bo`yicha etarlicha tajribaga egamiz. Shunday bo`lsa ham, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda koronavirusga qarshi emlash kunlarini o`tkazish bo`yicha tayyorgarlik tadbirlarida amaliy-uslubiy yordam ko`rsatish maqsadida mutaxassislar biriktirilgan.

Emlash tadbirlariga jalb etilgan tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, ularga maslahat, amaliy-uslubiy yordam ko`rsatish ishlari tizimli ravishda olib borilayapti, «Sovuqlik zanjiri»ga rioya qilgan holda koronavirusga qarshi qo`llaniladigan vaksinalarni qabul qilish, saqlash, tashish va ma`muriy hududlarga etkazish choralari ko`rilgan, joylarda malakali mutaxassislardan iborat shtablar tashkil etilgan, emlash punktlari, harakatdagi va mobil brigadalar, emlashdan so`ng nojo`ya reaksiyalar aniqlangan holatda shoshilinch yordam ko`rsatadigan shifoxonalar shay holatga keltirilgan.

 Hozirga kelib, barcha davolash-profilaktika muassaslari rahbarlari, umumiy amaliyot shifokorlari, immunologlar, epidemiologlar, vaksinatorlar va ularning dublyorlari, vaksina saqlash omborxona mudirlari, reanimatolog va emlashdan so`ng yuz berishi mumkin bo`lgan asorat va reaksiyalarni epidemiologik nazoratini olib boruvchi hamda tezkor chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi emlash masalalari bo`yicha to`liq qayta tayyorgarlikdan o`tkazilishi yakunlanmoqda», - dedi   Nurmat Otabekov

 

    Boshqa yangiliklar