AsosiyJamiyat

“Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi

'“Jartepa” chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi'ning rasmi

Ko`pchilik talaba-yoshlarning murojaatlari inobatga olinib, joriy yilning 17 fevral kunidan talabalar Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti orqali harakatlanishlariga ruxsat berildi. Bu haqda O`zbekiston Davlat bojxona qo`mitasi xabar berdi.

Ma`lumki, pandemiya sababli shu kunga qadar talabalar Tojikiston Respublikasiga faqatgina “Sariosiyo”, “Oybek” va “Plotina” chegara o`tkazish punktlari orqali harakatlanishi mumkin edi.

Eslatib o`tamiz, post orqali hozircha faqat Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub`ektlarining eksport-import operasiyalarini amalga oshirishlari uchun xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari hamda talabalar harakatlanishi belgilangan.

Boshqa yangiliklar