AsosiyJamiyat

Samarqandda ekologiya xodimi fuqarodan 4 million so`m undirmoqchi bo`ldi

'Samarqandda ekologiya xodimi fuqarodan 4 million so`m undirmoqchi bo`ldi'ning rasmi

15 fevral kuni samarqandlik fuqaro o`zidan pul talab qilayotgan mas`ul lavozimdagi shaxs ustidan  Samarqand viloyati IIBga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Fuqaro S.ning ma`lum qilishicha, Pastdarg`om tumani hududidagi Samarqand viloyat Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasiga qarashli, ijarada ishlatib kelayotgan 1 gektarli er maydonida ekilgan 158 tup «tol» daraxtini kallaklash uchun ruxsatnoma berish evaziga, o`zini Pastdarg`om tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo`limi boshlig`i deb tanishtirgan shaxs undan 4 million so`m pul talab qilib kelayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2021 yil 15 fevral kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Pastdarg`om tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda, o`zini tuman Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish bo`limi boshlig`i deb tanishtirgan, Pastarg`om tumani ekologiya xodimi A.X. ariza muallifidan 4 million so`m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar