AsosiyJamiyat

Mittal xonim 10 nafar  ayol sudyalar bilan bir piyola choy ustida  suhbatlashish istagini bildirdi

'Mittal xonim 10 nafar  ayol sudyalar bilan bir piyola choy ustida  suhbatlashish istagini bildirdi'ning rasmi

BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal xonim  o`zbekistonlik 10 nafar ayol sudyalar bilan bir piyola choy ustida miriqib suhbatlashish niyatida. U ayni istagini Sudyalar oliy kengashi raisi Xolmo`min Yodgorov bilan uchrashuv jarayonida bildirdi. 

Gap shundaki, bugun Mital xonim Sudyalar oliy kengashiga tashrif buyurdi. Kengash matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, uchrashuvda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, xususan, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta`minlash, tizimda korrupsiyaning oldini olish borasida ko`rilayotgan chora-tadbirlar haqida atrofilicha ma`lumot berildi. 

Mehmonda Sudyalar oliy kengashida huzurida tashkil etilgan Sudyalar klubi, ayniqsa uning onlayn platformasida muhokama etilayotgan mavzular katta qiziqish uyg`otdi. O`z navbatida Mittal xonim kengash faoliyati, xususan, sudyalik lavozimiga tayinlash ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan e`tirof etdi hamda BMT tizimidagi axborot resurslari orqali namunali amaliyot tariqasida “keys-stadi” ko`rinishida namoyish qilinishi qo`llab-quvvatladi. Shuningdek, O`zbekiston Prezidenti g`oyasi asosida tashkil etilgan mazkur klub faoliyatini o`ta ijobiy yangilik sifatida (“best practise”) har ikki yilda Venada bo`lib o`tadigan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha xalqaro kongeressda taqdim etishni ham ilgari surdi. 

Uchrashuvda BMTning qayd etilgan boshqarmasi mintaqaviy vakolatxonasining odam savdosi va noqonuniy migrasiya masalalasi bo`yicha maslahatchisi lavozimiga yaqinda tayinlangan Reda Sirgediene ham tanishtirildi. Sirgediene xonim O`zbekistonda ish boshlaganidan mamnun ekanini  qayd etish asnosida Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi dasturlariga  BMTning o`quv modellarini kiritish taklifni o`rtaga tashaladi.

Yakunda mehmon xonimlar tizimdagi tender tengligi masalasi bilan qiziqdilar. Ayni paytda sud tizimida 123 nafar sudya ayollar faoliyat ko`rsatayotgani, ular orasida rahbarlik lavozimida ishlayotgan kam emasligidan voqif bo`lishgach, hayratlarini yashirib o`tirmadi. Aksincha, Mittal xonim xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida o`zbekistonlik 10 nafar ayol sudyalar bilan bir piyola choy ustida miriqib suhbatlashish istagi tug`ilganini bildirdi. Bunga javoban bunday istak amalga oshishida muammo yo`qligi aytildi, deyiladi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar