2020 yilning oktyabr oyida “Uzbekistan Airports” AJ va “Qanot Sharq” MChJ xususiy aviakompaniyasi o`rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.
“Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi vakillari “Uzbekistan Airports” AJ Axborot xizmatiga AQShning “Air Lease Corporation” tashkilotidan uzoq muddatli lizing asosida Airbus A320−200 rusumli 2 ta samolyotni foydalanish uchun olganini ma`lum qildi.






