Mahalla raisini faoliyatiga oid bo`lmagan majlisga chaqirgan mansabdor jarimaga tortiladi.
Bu tartib qonun loyihasi bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatiga oid qator moddalarda aks etgan.
▪️Fuqarolar yig`ini xodimini uning vazifasi va faoliyat yo`nalishi bilan bog`liq bo`lmagan yig`ilish va boshqa tadbirga jalb qilish, taalluqli bo`lmagan vazifalarni yuklash, ulardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan ma`lumotnoma, tahliliy material va statistik ma`lumotni taqdim etishini talab qilish hamda MFY balansida bo`lgan binoni boshqa shaxsga biriktirish yoki asossiz ravishda olib qo`yish BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.
▪️Huddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.






