"Mening fikrim" portali bo`yicha ko`p fikrlar bo`lyapti. Ana shunday munosabatlardan biri deputat Rasul Kusherbaev tomonidan bildirildi:
"Ochig`i, tanqidlarni inkor etish qiyin.
Xatto men ham boshda Prezident tomonidan ushbu portalni tashkil etish haqida tashabbus ko`rsatilganida ko`p narsalarni umid qilganman.
Lekin bizda Prezidentning taklif va tashabbusini "qalpoq" qilib amalga oshirish amaliyoti zo`r ishlamaydimi: buzma, desa buzishadi, tekshirma, desa tekshirishadi, tadbirkorni boshingda ko`tar, desa uni boshiga chiqishadi. Shundanmi bu portal ham ko`zga chiroyli ko`rinadigan, quloqqa xush eshitiladigan bo`ldi, lekin odamlarga foydasi...
Xullas deputat sifatida portalni tanqid qila olmayman, tilim bor-u haqqim yo`q. Biroq oddiy fuqaro sifatida aytsam bu portalni ish berishiga ishonchim o`lgan, uni borligi bugun esimga tushdi", - deya yozib qoldirgan deputat.






