Joriy yilning 17 fevral kuni soat 21:30larda, Navoiy viloyati, Karmana tumani hududidan o`tgan M-37 avtomobil yo`lining 147-kilometrida, haydovchi, 1969 yilda tug`ilgan E.X. mast holda “Lasetti” rusumli avtomobilni boshqarayotib “Samarqand” YPX maskaniga yaqinlashgan vaqtida boshqaruvni yo`qotib, maskanga kirish joyida o`rnatilgan, bo`laklarni ajratuvchi to`siqqa urilgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Zarb oqibatida avtomobilning dvigatel qismida yong`in yuzaga kelgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur hodisa yuzasidan Karmana tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






