IIV ma`lum qilishicha, 2021 yilning 16 ferval kuni Kattaqo`rg`on shahar hududida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan, Kattaqo`rg`on shahar Damariq mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan X.A., mast holatda Kattaqo`rg`on shahar Ermachit mahallasi hududida qo`lbola usulda yasalgan o`tkir tig`li qilichni ko`tarib yurganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






