AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi barcha maktablar «Edusation» tarifiga ulanmoqda

'O`zbekistondagi barcha maktablar «Edusation» tarifiga ulanmoqda'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi respublikamizning barcha maktablari maxsus «Edusation» tarifiga o`tkazilayotganini ma`lum qiladi.  

Mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan markazlashgan holda shartnomalar tuzilishi natijasida hozirda 5 mingga yaqin umumta`lim maktablari «O‘zbektelekom» tomonidan maxsus ishlab chiqilgan «Education»  tarif rejasiga ulandi. Keng polasali Internet tarmog`iga ulanishi imkoniyati bo`lgan qolgan maktablarni ham ushbu tarifga o`tkazish ishlari olib borilmoqda.

Tarif bo`yicha quvvati 500 o`quvchi o`rnidan kam bo`lgan maktablar uchun internet tarmog`iga ulanish tezligi 10 Mbit/s, 501 dan 1 000 gacha – 40 Mbit/s, 1 000 va undan yuqori o`quvchi o`rinli maktablar, informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar  – 100 Mbit/s tezlikda ulanishi ko`zda tutilgan. «Tas-IX»  tarmoqlariga ulanish tezligi barcha «Edusation» tariflarida 100 Mbit/s tashkil etadi.

Yangi tarif yordamida elektron ta`lim resusrlari (kitob.uz, edumarket.uz, edukids, Kundalik.com tizimi va boshqalar)da ishlash, Ochiq onlayn kurslaridan foydalanish, qo`shimcha ta`lim olish uchun  YouTube va boshqa tashqi platformalardan foydalanish mumkin.

Bugungi kunda Xalq ta`limi vazirligi tomonidan barcha maktablarda kompyuter xonalari doimiy ravishda ochiq turishi va o`quvchilar bundan samarali foydalangan holda o`zlarining AKT savdxonligini oshirishi uchun sharoitlar yaratilishi ustida ish olib borilmoqda.  

Bundan tashqari o`qituvchilar o`z ustida ishlashlari uchun xalqaro ta`lim platformalari va resurslaridan erkin foydalanishlariga imkoniyat yaratildi.

Eslatib o`tamiz, bugungi kungacha barcha maktablar Ziyonet tarifidan foydalangan bo`lib, undagi tezlik hamda internet resurslari chegaralangan edi.

    Boshqa yangiliklar