Gvineya rasmiylari Rossiya bilan "Sputnik V" vaksinasini mamlakat uchun sotib olish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda, chunki bu uning xavfsizligi isbotlangan, dedi Gvineya sog`liqni saqlash vazirining yordamchisi Mozammen Lamin Yansan JSSTning Afrika bo`yicha mintaqaviy byurosi tomonidan o`tkazilgan brifingda. Bu haqda "Ria" xabar bermoqda.
"Biz hozirda Rossiya Federasiyasi bilan muzokaralar olib bormoqdamiz", - dedi Mozammen Lamin. Uning so`zlariga ko`ra, emlash "juda yaxshi yo`lga qo`yilgan".
Uning ta`kidlashicha, allaqachon Gvineyada Rossiya vaksinasining 60 dozasi sinovdan o`tgan. Barcha emlangan bemorlarning sog`lig`i holati nazorat qilinadi va ayni paytda preparatdan nojo`ya ta`sirlar mavjud emas.
Vazir yordamchisining ta`kidlashicha, vaksinani mamlakatga etkazib berish fevral oyining oxiriga qadar kutilmoqda.