O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 18 fevral kuni Samarqand shahrida bir guruh viloyat tadbirkorlari bilan sayyor uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Kredit mablag`larini olish, elektr energiya va gaz ta`minoti, eksport va importda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, erkin iqtisodiy zonalarda kommunikasiya tizimlarini takomillashtirish singari 45 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Tadbirkorlar tomonidan ko`tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi.
Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga qolgan masalalarni hal etish buyicha aniq topshiriqlar berildi.






