O`zbekiston Respublikasi Xalqaro ochiq ma`lumotlar xartiyasiga qo`shilgan jahondagi 23 mamlakat, Osiyoda Janubiy Koreya va Filippindan keyingi uchinchi davlat bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, Xalqaro ochiq ma`lumotlar xartiyasi (Open Data Charter) 150 dan ortiq hukumat va tashkilotlarning umumiy tamoyillar asosida ma`lumotlarni xalqaro miqyosda ochiqligi va shaffofligini ta`minlash ustida ish olib boradi.
O`zbekistonning Xalqaro ochiq ma`lumotlar xartiyasiga qo`shilishiga qo`yidagilar asosiy omil bo`lib xizmat qildi:
- O`zbekiston Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma`lumotlar reytingida 63 ball to`plab dunyoda 44-o`rin, Markaziy Osiyoda 1-o`rinni egallab, umumiy 125 pog`onaga ko`tarildi.
- O`zbekiston BMTning “Ochiq hukumat ma`lumotlari indeksi”da eng yuqori ko`rsatkichga ega bo`lgan 41 ta mamlakat orasidan joy oldi.
- O`zbekiston “Open Data Inception” talqiniga ko`ra, ochiq ma`lumotlar manbalari soni bo`yicha dunyoda 6-o`rinni egalladi.
O`zbekistonning Xalqaro ochiq ma`lumotlar xartiyasiga qo`shilishi - davlatimizning xalqaro miqyosdagi imiji va salohiyatini nufuzli reytinglarda aks ettirilishi hamda buning natijasida xalqaro investorlar uchun ishonchli manba bo`lib xizmat qiladi.






