Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda maktablardan birida o`qituvchi o`quvchining buvisi tomonidan kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqorat qilinib, yuziga tarsaki tushurganlik holati aks etgan video tarqaldi.
Xalq ta`limi Vazirining Nazorat–huquqiy Xizmati tomonidan hodisa 2020 yilning 15 fevral kuni Kitob tumani Xalq ta`lim bo`limiga qarashli 85–umumta`lim maktabida yuz berganligi aniqlangan.
Ma`lum bo`lishicha, maktabda fan amaliyoti o`tab, 5 sinfda dars mashg`ulotlari olib borayotgan Qarshi davlat universitetining tarix fakulteti 4–kurs talabasi Bobonazar Xurramov o`quvchining tartibsizlikka yo`l qo`ygani, uy vazifasini bajarmaganligi bois tanbeh bergan.
XTV tomonidan qituvchining sha`ni va qadr-qimmatiga putur etkazganligi uchun o`quvchining buvisiga nisbatan O`zbekiston Respublikasining ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 197(5)-moddasiga asosan ma`muriy ish qo`zg`atish to`g`risida ariza kiritilayotgani ma`lum qilindi.
"Hurmatli ota-onalar!
Sizlar tomondan o`qituvchilarga qilinayotgan har qanday nojoiz munosabat bolaning ongiga salbiy ta`sir qilib unda o`qituvchi va maktabga nisbatan hurmatsizlik hissini yanada avj oldiradi. Farzandlaringizga maktab muqaddas dargoh, o`qituvchi esa hurmatli inson ekanligini uqtirib boring, aks holda keyingi pushaymon o`zingizga dushman bo`lishi mumkin!
Hurmatli o`qituvchilar!
O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuning 45-moddasiga asosan sizning huquqlaringiz, sha`ningiz, qadr-qimmatingiz va ishchanlik obro`ingiz davlat himoyasida.
O`zbekiston Respublikasining ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 197(5)-moddasiga ko`ra hech kim sizning xizmat vazifalaringizni bajarishiga to`sqinlik qilishga haqli emas. Shunday huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda siz to`g`ridan-to`g`ri sudga murojaat qilish huquqiga egasiz.
“Talim to`g`risida”gi Qonunga binoan O`zbekiston Respublikasida ta`limning ustuvorligi ta`minlangan.
Sizga bu borada huquqiy maslahat zarur bo`lgan taqdirda “Ustoz ovozi” virtual inspektoriga yohud hududingizdagi vazirning Nazorat–huquqiy Xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.
Sha`ningiz va qadr-qimmatingiz poymol bo`lishiga yo`l qo`ymang!, - deyiladi XTV bayonotida.






