Dam olish kunlari respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, deya xabar qilmoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati kechalari 2-7° iliqgacha, kunduz kunlari 8-13° iliqgacha pasayadi.
Ushbu haftada mamlakatimizning barcha hududlarida havo harorati fevral oyining ikkinchi yarmi uchun me`yoriy qiymatlaridan 13-17° ga yuqori bo`lgan juda iliq bahoriy ob-havo kuzatildi. 16 fevraldan 18 fevralgacha bo`lgan davrda maksimal harorat ba`zi joylarda shu kunlarning ko`p yillik rekordidan oshdi.
Kecha kunduz kuni havo 25-28° gacha, janubda 30-32° gacha isidi. Bu meteorologik kuzatuvlarning butun davri davomida 18 fevral kuni uchun eng yuqori harorat qiymatlaridir.
Bugun ob-havo o`zgara boshladi, osmonni zich bulutlar qopladi, shimoli-g`arbiy hududlarda qorga aylanadigan yomg`irlar boshlandi. Ob-havo o`zgarishiga bugun mamlakatimizga Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan sovuq va nam antisiklon sababchidir.
Kun davomida respublikaning barcha hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir, shimolda qor yog`adi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli kamroq. Ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliq atrofida bo`ladi, shimolda 0-5° iliqdan oshmaydi.
Dam olish kunlarida antisiklon ta`siri saqlanib turadi, respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 2-7° iliqgacha, kunduz kunlari 8-13° iliqgacha pasayadi. O`rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me`yorga yaqinlashadi.






