AsosiyDunyo

JSST "Janubiy Afrika" shtammining yuqumliligi oshganini tasdiqladi

'JSST "Janubiy Afrika" shtammining yuqumliligi oshganini tasdiqladi'ning rasmi

Janubiy Afrikada topilgan koronavirus shtami odatdagi variantga qaraganda yuqumli hisoblanadi, dedi Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassisi  Mariya van Kerkxov brifingda. Bu haqda rbc.ru xabar bermoqda. 

"Bu shtamm "britancha" shtamm singari yuqumli", - deydi van Kerkxov. Shu bilan birga, zarur choralar, jumladan, ijtimoiy masofani hisobga olgan holda, infeksiya tarqalishini nazorat ostiga olish mumkin, dedi u.

Tashkilot kasalxonaga yotqizish soni va kasallikning og`irligi darajasida hech qanday o`zgarishlarni qayd etmadi, dedi u. Yangi variantga qarshi vaksinalar samarali bo`ladimi yoki yo`qmi, hozirda u o`rganilmoqda, deya qo`shimcha qildi van Kerkxov.

    Boshqa yangiliklar