AsosiyJamiyat

Prezident qarori: Ayrim OTMlarda “Sun`iy intellekt” yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yiladi

'Prezident qarori: Ayrim OTMlarda “Sun`iy intellekt” yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasida Sun`iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish departamenti tuzildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoevning “Sun`iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, Sun`iy intellektni rivojlantirish bo`yicha qo`shma alyans tashkil qilinib, unga jami 200 mlrd so`m mablag` ajratilishi belgilandi. 

2021 yil 1 sentyabrgacha Ochiq ma`lumotlar portali faoliyati doirasida davlat va boshqa ma`lumotlar to`plamlarini olish imkoniyatini taqdim etuvchi raqamli ma`lumotlar platformasi yaratiladi. 

Qarorga mavofiq, 2021/2022 o`quv yilidan grant asosida “Sun`iy intellekt” yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan OTM va ilmiy tashkilotlar (5 ta) ro`yxati tasdiqlandi. 

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun`iy intellekt texnologiyalarini amaliy qo`llash bo`yicha o`quv kurslari va fanlarini joriy qilish ko`zda tutilgan OTM ro`yxati (15 ta) tasdiqlandi.

2021 yildan sun`iy intellekt sohasida stajyor-tadqiqotchilar hamda tayanch doktoranturada tahsil olish uchun har yili 5 kishilik kvota maqsadli ajratiladi.

Boshqa yangiliklar