O`zbekiston parlamenti jinoyat va ma`muriy kodekslarga hamda “Axborotlashtirish to`g`risida”gi qonunga o`zgartirish kiritishni ko`rib chiqmoqda. Bu esa so`z erkinligi uchun xavf manbai bo`lishi mumkin. Bu haqda “human rights watch” tashkilotining veb-saytida ma`lumot berildi.
Xabarga ko`ra, 2021 yilning 12 fevral kuni qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov o`zining Telegram kanalida alohida qoidalarini e`lon qildi va u allaqachon birinchi bosqichda o`tganini yozdi.
Ayrim qo`shimcha tafsilotlar oliy Majlisning 15 fevraldagi ma`lumotlarida, shu jumladan, qonun chiqaruvchilar davlat va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi axborotni tarqatish uchun sanksiyalarni kuchaytirmoqchi ekanligi haqida e`lon qilindi.