AsosiyJamiyat

Farg`onada oshxona, choyxona, restoran va kafelar o`z faoliyatini qayta boshlaydi

'Farg`onada oshxona, choyxona, restoran va kafelar o`z faoliyatini qayta boshlaydi'ning rasmi

Farg`onada viloyat koronavirusga qarshi kurashish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirish shtabi va maxsus komissiya qaroriga asosan 2020-yil 11-avgustdan boshlab, viloyat hududidagi umumiy ovqatlanish obektlari, jumladan, oshxona, choyxona, restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat berildi.

Bu viloyatdagi epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlardan biridir.

Umumiy ovqatlanish shahobchalari karantin talablari va sanitariya-gigiena qoidalariga qatʼiy amal qilib, kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar bilan ta`minlagan holda o`z faoliyatini qayta boshlaydi.

Faoliyatini davom ettirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subektlarida tegishli organlar tomonidan karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladi. Barcha xodimlar tibbiy niqob va qo`lqopda bo`lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shartligi belgilangan.

Restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi hamda faoliyatini soat 8:00 dan 20:00 ga qadar tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar