Buyuk Britaniyada spaniel zotiga mansub Maks ismli it dunyoda birinchi bo`lib "Buyuk xizmatlari uchun" ordenini olgan uy hayvoni bo`ldi. Bu haqda "Sky News" telekanali ma`lum qilgan.
Leyk tumanida yashovchi 13 yoshli spaniel ijtimoiy tarmoq yulduziga aylangan. Maks jamoat oldidagi ulkan hissasi uchun PDSA veterinariya xayriya tashkiloti tomonidan "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlanadi. U pandemiya paytida butun dunyo bo`ylab odamlarga virtual terapiya ko`rsatdi.
Ta`kidlanishicha, it dunyoda hayotidagi qiyin daqiqalarni boshdan kechirgan va kechirayotgan minglab odamlarga yordam bergan.
Misol tariqasida, Maksning egasi, 46 yoshli Kerri Irving baxtsiz hodisa natijasida yurolmay qolgan va qattiq tushkunlikka tushgan.
Maks esa unga yordam berib, yashashiga umid uyg`otgan.







