AsosiyDunyo

Sibirda dunyodagi eng qadimiy DNK topildi

'Sibirda dunyodagi eng qadimiy DNK topildi'ning rasmi

Shved olimlari Sibirda olib borgan tadqiqotlari davomida dunyodagi eng qadimiy DNKni topdi. Uchta mamont tishida topilgan DNK tarixi 1,2 million yilni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA .

 Sibir muzliklaridan topilgan mamont tishlari olimlarni hayratga soldi. Eng qadimgi DNK deya e`tirof etilmoqda.

Mazkur ilmiy tadqiqot dunyoning eng nufuzli ilmiy jurnallaridan biri "Nature"da e`lon qilindi.

Shimoliy Amerika jonzotlari sifatida tanilgan mamontlar ajdodi deb taxmin qilingan bu turga mansub DNK muzlagan tuproq tufayli tirik qolgani aytilmoqda. Hozirgacha 560 000 dan 780 000 yoshgacha bo`lgan DNK eng qadimgi topilma sifatida qabul qilingan.

Olimlar, shuningdek, tadqiqotlarda topilgan tishlarning ikki xil mamontga oidligini aytmoqda.

    Boshqa yangiliklar