AsosiyDunyo

Navalniy ishi bo`yicha birinchi sud majlisi bo`lib o`tdi. U bugun koloniyaga ko`chiriladi

'Navalniy ishi bo`yicha birinchi sud majlisi bo`lib o`tdi. U bugun koloniyaga ko`chiriladi'ning rasmi

Bugun, 20 fevral kuni Navalniy ishi bo`yicha birinchi sud majlisi bo`lib o`tdi. Unda «Iv Roshe» ishi bo`yicha shartli hukmning bekor qilinishiga qarshi apellyasiya shikoyati ko`rib chiqildi.

Sud Navalniy, jazoni o`tash muddatini hisobga olgan holda, 2,5 yil koloniyada o`tkazadi deb qaror qildi. Bu haqda Ria novosti xabar berdi.

Navalniyning shartli jazosini haqiqiy jazo bilan almashtirish to`g`risidagi qaror kuchga kirdi.

«Iv Roshe» ishi bo`yicha Navalniyning shartli jazosini haqiqiy jazo bilan almashtirish to`g`risidagi qaror qonuniy deb topildi.

Navalniyning advokatlari uning koloniyaga ko`chirilishi va sud qarorining ustidan yana shikoyat qilishlari haqida ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar