AsosiyJamiyat

Qarshi shahriga kirish joylarida 5 ta shohbekat quriladi

'Qarshi shahriga kirish joylarida 5 ta shohbekat quriladi'ning rasmi

2021 yil 1 iyulga qadar Qarshi shahrining “Transport tizimini rivojlantirish modeli”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ko`zda tutilgan.  Bu haqda Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 fevraldagi “2021-2022 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”  qarorida shu haqda so`z boradi.  

Bundan maqsad viloyat markazida transport harakatlarini tartibga solishdan iborat.  

Qolaversa, qarorda 2021 yil yakuniga qadar Qarshi shahriga qo`shni viloyatlar va tumanlardan kirib kelayotgan yo`lovchi tashuvchi transport vositalari tirbandligining oldini olish maqsadida shaharda yangidan 5 ta shohbekatni (Qarshi — Shahrisabz, Qarshi — Buxoro, Qarshi — Samarqand, Qarshi — Kasbi, Qarshi — G`uzor, Qarshi — Beshkent) qurish va ekspluatasiya qilish bo`yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish belgilandi.  

Barpo etilajak 5 ta shohbekat uchun qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan bo`sh turgan er uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini ta`minlanadi.  

Davlat rahbarining 2020 yil 12-13 noyabrdagi viloyatimizga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar orasida ayni masalalar ham bor.  

Topshiriq ijrosi doirasida biroz avval mutaxassislar tomonidan Qarshi shahridagi yirik chorrahalarda transport oqimini o`rganish uchun videokuzatuv ishlari amalga oshirilgani haqida xabar bergandik. 

    Boshqa yangiliklar